Ishlab chiqarish korxonalari
Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan har bir jarayon va sexdagi har bir xodimning ishi nazoratda.
| Muammo | Yechim | Natija |
|---|---|---|
| Ombordagi qoldiq dasturga mos emas | Kirim-chiqim faqat hujjat bilan, haftalik inventarizatsiya | Yo‘qotish ↓ |
| Brak qaysi bosqichda chiqishi noma’lum | Har smena oxirida reja, fakt va brak hisoboti | Brak ↓ |
| Do‘konlar qarzi nazoratsiz o‘smoqda | Har mijozga qarz limiti va muddat nazorati | Pul aylanishi ↑ |
| Hamma qaror egasiga bog‘liq | Mas’ul, muddat va natija bilan topshiriqlar | Ega bo‘shaydi |
Korxonadagi ishlarni odamga emas, tizimga bog‘laymiz.
Sabaat Systems ishlab chiqarish va distribyutorlik korxonalarini tizimlashtiradi. Korxonani diagnostika qilamiz, har bir muammoga yechim beramiz, jarayonlar, vazifalar, KPI va nazoratni quramiz hamda joriy qilishni ish tugaguncha joyida turib o‘zimiz boshqaramiz.
Qaysi tizim qo‘yilishidan qat’i nazar, ERP bo‘ladimi yoki boshqa dastur, hech bir ish nazoratimizdan chetda qolmaydi.
Quyidagilardan kamida ikkitasi tanish bo‘lsa, korxona tizimga emas, odamlarga tayanib ishlayapti.
Bir xil korxona, bir xil xodimlar. Farq faqat ish nimaga tayanib turganida.
Sizning korxonangiz hozir qaysi ustunda?
O‘ng ustunga o‘tishHar bir korxona bilan shu besh bosqichda ishlaymiz. Korxonadan faqat hamma ish yakunlangandan keyin chiqamiz.
Korxonaga kelib, barcha jarayonlarni joyida o‘rganamiz.
Muammo va yo‘qotishlarni aniqlaymiz, har biriga yechim va kutilgan natijani yozamiz.
Orgstruktura, vazifalar, reglamentlar, KPI va hisobotlardan iborat yangi tizimni loyihalaymiz.
ERP yoki boshqa tizimni o‘rnatib, korxonani yangi tizimga o‘tkazamiz. Joyida turib ishlaymiz.
Tizim o‘zi ishlay boshlagunicha har bir jarayonni nazorat qilamiz.
Korxonaning hozirgi holati, muammo va yo‘qotishlari
Har bir jarayonning boshidan oxirigacha tartibi
Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha reja, fakt va brak hisobi
Kim kimga bo‘ysunadi va kim nimaga javob beradi
Har bir lavozim uchun aniq vazifalar ro‘yxati
Har bir ish qanday bajarilishi qadamma-qadam yozilgan
Har bir xodim va bo‘lim natijasini o‘lchash
Topshiriqlar, muddatlar va bajarilish nazorati
Qoldiq, kirim-chiqim va minimal zaxira chegarasi
Kunlik, haftalik va oylik hisobotlar o‘z vaqtida
Korxonaga mos dasturni tanlash va joriy qilishni boshqarish
Diagnostikadan boshlaymiz. Konsultatsiya olish →
Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan har bir jarayon va sexdagi har bir xodimning ishi nazoratda.
Buyurtmadan yetkazib berish va to‘lovgacha bo‘lgan har bir qadam aniq va nazoratda.
Korxonalarda amalda qilingan ishlar: vazifa, nima qilindi va natija.
Biznes egasining kundalik ishlarga aralashuvi
Mijozlarimizning ichki ma’lumotlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari maxfiy saqlanadi va oshkor qilinmaydi.
Har bir yangi muammo chiqqanda yana bitta odam yollanadi. Xarajat oshadi, tartibsizlik esa qoladi.
Jarayon, vazifa va nazorat to‘g‘ri qurilsa, bor xodimlar bilan ham ish tartibli bajariladi. Har bir ishni o‘zimiz boshqaramiz va oxirigacha nazorat qilamiz.
Har bir ish topshiriq orqali beriladi. Har bir topshiriqning mas’uli, muddati va natijasi bor. Har kuni ertalab reja qo‘yiladi, kechqurun natija bilan solishtiriladi.
Mas’ul va muddat belgilanadi
Xodim natijani kiritadi
Joyida va dasturda nazorat
Kechikkan ish sababi bilan qayta rejalanadi
Yo‘q. Diagnostikadan keyin korxonaga mos tizim tanlanadi: ERP yoki boshqa dastur. Qaysi biri bo‘lishidan qat’i nazar, joriy qilishni boshidan oxirigacha o‘zimiz boshqaramiz.
Ha. To‘liq tizimlashtirish ham, faqat kerakli qism bo‘yicha ishlash ham mumkin: masalan, ombor, sotuv yoki ishlab chiqarish.
Bu korxonaning hajmi va topilgan muammolarga bog‘liq. Aniq muddatni diagnostikadan keyin aytamiz.
Narx ish hajmiga qarab belgilanadi va diagnostika natijasidan keyin aniq bo‘ladi.
Har bir jarayon nazoratga olinib, tizim o‘zi ishlay boshlagunicha korxonada qolamiz. Hamma ish yakunlangandan keyingina chiqamiz.
Telegram orqali yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling. Korxonangizga kelib, jarayonlarni ko‘rib chiqamiz va qayerda muammo borligini ko‘rsatamiz.
Korxonadagi ishlarni odamga emas, tizimga bog‘laymiz.
Korxonangiz bo‘yicha konsultatsiya oling
Bog‘lanish